ФАТВА
Ramazon ro’zasini qanday ishlar buzadi?

Ramazon ro’zasini qanday ishlar buzadi?

Ramazon ro’zasini qanday ishlar buzadi?
Savol:
Ramazon ro’zasini qanday ishlar buzadi?

Javob: Ramazon ro’zasini uchta narsa buzadi, bular: Yeyish, ichish va ayoli bilan jinsiy munasabatta bo’lish. Bu uch narsadan deb hisoblanmagan hech narsa ro’zani buzmaydi. Bu haqda Alloh taolo Baqara surasi 187- oyatida shunday marhamat qiladi:

“Sizlarga ro‘za kechasida xotinlaringizga qo‘shilish halol qilindi. Alloh sizlar o‘zlaringga xiyonat qilayotganlaringni bilib, tavbalaringizni qabul qildi va sizlarni afv etdi. Endi ular bilan (ro‘za kechalarida ham bemalol) qovushingiz va Alloh sizlar uchun yozgan narsani (farzandni) talab qilingiz! Va to tongdan oq ip qora ipdan ajraladigan paytgacha yeb ichaveringlar. So‘ngra kechgacha ro‘zani benuqson qilib tutinglar! Masjidlarda e’tikofda bo‘lgan chog‘ingizda (kechalari ham) ular (xotinlaringiz) bilan qo‘shilmang! Bular (yuqorida mazkur bo‘lgan hukmlar) Allohning chegaralaridir. Bas, ularga yaqinlashmangiz! Odamlar harom ishlardan saqlanishlari uchun Alloh o‘z oyatlarini mana shunday ochiq-ravshan bayon qiladi.”

Вопросы брака и семьи

Читайте нас